Jahon | 16:03 / 01.10.2015
6245
2 daqiqa o‘qiladi

NATO rahbari: Rossiyaning Suriyadagi aksilraketa tizimi alyansga tahdid soladi

NATO qurolli kuchlarining Yevropadagi bosh qo‘mondoni Filip Bridlavning fikricha, Rossiyaning Suriyada aksilraketa mudofaasi tizimlarini joylashtirishi alyansga real tahdid tug‘dirmoqda. Uning so‘zlarini The Times nashri keltirmoqda.

Rossiya ikki kundan buyon Suriya hududida “yer-havo” toifasidagi SA-15 i SA-22 raketa tizimlari va Su-30 qiruvchilarini faol qo‘llamoqda.
“Suriya aerodromlarida biz bir qancha ilg‘or tizimlarni ko‘rmoqdamiz, ular IShIDga qarshi kurashga mo‘ljallanmagan. Men IShIDda SA-15 va SA-22ni talab qiladigan samolyotlarni ko‘rmadim”, - dedi Bridlav.

Uning fikricha, Rossiya O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida ajralish zonasini yaratmoqchi. Generalning o‘ylashicha, Moskvaning asosiy maqsadi Suriyaning Tartus portiga chiqishni saqlab qolish hamda Bashar Asad rejimiga yordam berishdir.
“O‘ylashimcha, o‘zining Suriyaga kirishini qonuniylashtirish uchun Rossiya IShIDga qarshi ayrim ishlarni amalga oshiradi”, - so‘zini yakunladi Bridlav.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish