Jahon | 20:06 / 01.10.2015
5599
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik imomlar Uraldagi muhojirlarga IShIDga ishonmaslik bo‘yicha ma'ruza qilishadi

Joriy yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri bosh imom-xatibi Salim Shakirzyanovning taklifi bilan O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi tomonidan tashkil etilgan delegatsiya Novosibirsk shahrida bo‘lib qaytgandi.

Mazkur safar davomida Novosibirsk shahridagi qator jome masjidlarda turli diniy-ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar tashkil etilgandi.

Ana shu samarli safardan so‘ng Rossiya federatsiyasi Sverdlovsk viloyati muftiysi Abdul-Quddus (Nikolay) Asharin tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasi Yekaterinburg shahriga taklif qilindi. To‘rt kishilik delegatsiyasi tarkibida Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li ham bor. Vakillar 2-7 oktabr kunlari rejalashtirilgan bir necha tadbirlarda ishtirok etishlari belgilangan.

«Ikki davlat musulmonlar idorasi kelishuviga muvofiq, dinning ilmiy asoslari, maqsad-mohiyati, ezgu g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirlar, turli yot g‘oyalar, ekstremistik kuchlarning yoshlarga ko‘rsatayotgan ta'siridan saqlanish uslublari borasidagi suhbatlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, deydi Sverdlovsk viloyati muftiysi Abdul-Quddus Asharin mahalliy OAV vakillariga bergan intervyusida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish