Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pak Kin Xe: KXDR siyosiy maydonda yanada yakkalanishni istamasa, yadroviy rivojlanishdan voz kechishi kerak
KXDR o‘zining yadroviy va raketa ishlanmalari ustida tadqiqotlar o‘tkazishni bas qilishi kerak. Bu haqda Janubiy Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Seulda mamlakat Milliy qurolli kuchlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir chog‘ida aytib o‘tgan.
"Shimoliy Koreya o‘z yadroviy dasturi ustida ishlashni zudlik bilan to‘xtatishi kerak. Aks holda bu mamlakat yanada chuqur izolyatsiyada qoladi va iqtisodiy rivojlanishdan butunlay to‘xtaydi", deydi u.
Janubliklar yetakchisining aytishicha, bu jarayon saqlanib qoladigan bo‘lsa, Pxenyan barcha tomonlama, ayniqsa iqtisodiy tomondan siquvga olinadi.
KXDR tomoni 30 oktabr kuni Koreya Respublikasi rahbarining BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida so‘zlagan nutqini tanqid qilib chiqqandi.
Pak Kin Xe 29 noyabr kungi chiqishida Janubiy Koreya KXDR o‘z yadroviy rejalaridan voz kechsa, uning iqtisodiyotiga yordam berishi haqida aytgandi.
Shundan so‘ng, KXDR Janubiy Koreyaga ikki tomon oilalarini o‘zaro ko‘rishishni taqiqlashi bilan tahdid soldi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining ikkinchi yarmida bu ikki davlat munosabatlari keskinlashib ketgan va tomonlar urush yoqasiga kelgandi. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin, 24 avgust kuni Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya qarama-qarshilikni kamaytirish haqida kelishib olgandi.