Jamiyat | 10:04 / 01.10.2015
4328
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda ko‘chaga sigaret qoldig‘i tashlaganlik uchun 68 yevro jarima qo‘llanadi

Parij hukumati 1 oktabr kunidan boshlab shahar ko‘chalariga sigaret qoldig‘i tashlaganlarga nisbatan 68 yevro miqdoridagi jarima qo‘llanishi haqida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib Fransiyada ko‘chalaridan har yili umumiy hisobda 350 tonna sigaret qoldig‘i yig‘ib olinadi.

"Bizningcha, bu yangi qoida atrof-muhit ifloslanishi va odamlarning zaharlanishi holatlarini kamaytiradi. Endilikda kashandalar yo‘llarga va suvlarga sigaret qoldiqlarini tashlamaslikka harakat qilishadi", deydi Parij hokimiyati vakillaridan biri.

Bundan oldinroq, Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Marisol Turen jamoat joylarida elekton sigaretalar chekishni taqiqlash taklifi bilan chiqqandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish