Iqtisodiyot | 12:42 / 01.10.2015
4147
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston sifatsiz yo‘llar tufayli har yili 200 mln dollar yo‘qotadi

Qirg‘iziston har yili yo‘llarning yomonligi tufayli 200 mln dollar miqdorida zarar ko‘radi. Bu haqda donorlar bilan aloqa qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida aytildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari yig‘ilish chog‘ida Qirg‘iziston yo‘llarining ahvoli qayd qilingan xaritani taqdim etdilar. Xalqaro trassalar ichki yo‘llardan ancha yaxshi ahvolda ekanligi qayd qilindi. Shunga qaramay, yo‘llarning umumiy sifati va ta'mir darajasi past deb baholandi.

“Bank rekonstruksiya uchun pul ajratgan 34 mamlakat ichida Qirg‘iziston yo‘llaridagi xavfsizlik ko‘rsatkichlari eng past darajadadir, - deyiladi hisobotda. – Shu bilan birga, yo‘llarning sifati yomonlashishda davom etmoqda. Hukumat yo‘llarga sarflanadigan xarajatlarni kamida 2 barobarga oshirishi lozim”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish