Jahon | 15:57 / 01.10.2015
10542
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada yangi aviazarbalarni amalga oshirdi

Livanning Al-Mayadeen telekanali 1 oktabr kuni Rossiya aviatsiyasi Suriyada yana 30ta zarbani amalga oshirganini ma'lum qildi. Ular orasida “Jaysh al-Fatah” tashkiloti nazorati ostidagi hududlar ham borligi aytilmoqda.

Asosiy hamla Suriya shimoli-g‘arbidagi Jisr ash-Shug‘ur tumaniga to‘g‘ri kelgan. Shaharda harakat qilayotgan jangari guruhlar orasida Rossiyada faoliyati man qilingan “Jabhat an-Nusra” harakati ham bor.
“Jaysh al-Fatah” tashkilotiga a'zo eng yirik guruh “Ahror ash-Shom” deb ataladi. Ushbu guruhlar Lataqiya, Xama va Idlib viloyatlarini egallab turibdi.

Muxolif kuchlarga tegishli Orient News resursining ma'lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Xama viloyatida turgan ayrim muxolif guruhlarga zarbalar bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish