Jamiyat | 20:45 / 01.10.2015
10270
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik erkak qizi uchun 1 riyol qalin so‘radi

Saudiyalik yosh yigitning sevgan qizi otasi qo‘ygan talabdan boshi osmonga yetdi. Gap shundaki, keksa ota qizi evaziga bor-yo‘g‘i 1 riyol qalin puli so‘radi.

Ayid bin Saud al-Asmariy bu harakatini “qalin pulini ortiqcha bo‘rttirmaslik” uchun qilganini ta'kidladi.

Shuningdek, u boshqa otalarni ham birinchi galda qizlarining baxtini o‘ylashga, qalinni oshirib-toshirib aytmaslikka chaqirdi.

Ayrim hollarda ushbu mamlakatda qalin puli 1 mln riyoldan oshib ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish