Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi Rossiya aviatsiyasi guruhida 50dan ziyod samolyot va vertolyotlar mavjud
Suriyada aviazarbalar berayotgan Rossiya aviatsiyasi guruhida 50dan ziyod samolyot va vertolyotlar mavjud. Bu haqda jurnalistlarga Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov ma'lumot berdi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni qaroriga muvofiq, IShIDning Suriya hududidagi nishonlariga qarata aviazarbalar berildi. Buning uchun Suriyaning Latakiya tumanida Rossiya Havo-kosmos kuchlarining aviaguruhi shakllantirildi. Unga 50dan ziyod samolyot va vertolyotlar kiritildi. Baza himoyasi uchun aloqa vositalari bilan ta'minlangan dengiz piyodalari batalon guruhi jalb qilindi”, — dedi Konashenkov.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentabr - 1 oktabr kunlari Rossiya Havo-kosmos kuchlari samolyotlari IShID terrorchilarining 12ta obektiga aviazarbalar yo‘lladi. Natijada Ar-Rafana, Idlib va Hama tumanlaridagi snaryadlar tayyorlovchi kichik zavodlar va omborxonalar, jangarilarning qo‘mondonlik punkti yo‘q qilingan.