Sport | 21:24 / 01.10.2015
4179
2 daqiqa o‘qiladi

Vlada Yakshibarova Tashkent Open-2015 turnirini tark etdi

Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi Tashkent Open-2015 an'anaviy xalqaro turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur xalqaro turnirning juftliklar bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik 3 nafar tennischi muvaffaqiyatli odimlayotgani haqida xabar berilgandi.

Bugungi bahslardan keyin O‘zbekiston vakillaridan biri o‘z ishtirokini to‘xtatdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.

Rossiyalik Angelina Gabuyeva bilan tandem hosil qilgan Vlada Yakshibarova rossiyalik Yekaterina Bichkova hamda shveysariyalik Stefani Fogel juftligiga 6:4, 1:6, tay-brekda 7:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovadan iborat juftlik esa kecha ukrainalik tennischilar – Katerina Kozlova va Alyona Fomina juftligidan 6:4, 6:2 hisobida ustun kelishgandi. Birozdan so‘ng ular rossiyalik Vera Dushevina hamda chexiyalik Katerina Sinyakova hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish