Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xaver Maskerano soliqlarni to‘lamaganlik uchun sudda javob beradi
"Barselona" jamoasining argentinalik yarim himoyachisi Xaver Maskerano soliqlarni to‘lamaganlikda ayblanib, sudga chaqiriladi. Bu masala bo‘yicha sud ishi shu yilning 29 oktabrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AR xabar bergan.
Barselona viloyati tarkibidagi Gava munitsipaliteti sudi Maskeranoga nisbatan ayblov e'lon qilgan va uni ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirgan.
Tergovda aniqlanishicha, Maskerano 2011 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida hukumatdan 1,5 mln yevro miqdoridagi soliqlarni yashirgan.
Prokuraturada tasdiqlanishicha, Maskerano sentabr oyida mablag‘ning bir qismini to‘lagan. Mahalliy OAVlarda aytilishicha, bu holat futbolchiga kelgusida sud jarayonida qo‘l kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Maskerano 2010 yilda "Liverpul"dan "Barselona" safiga o‘tgandi.