Jahon | 09:31 / 01.10.2015
5252
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy XVJga o‘zining valyuta zaxiralari haqida ma'lumotlar taqdim eta boshladi

XXR birinchi marta Xalqaro valyuta jamg‘armasiga o‘zining rasmiy valyuta zaxiralari haqida ma'lumotlar taqdim eta boshladi.

“Men Xitoyning xalqaro amaliyotga muvofiq ravishda COFER’da (Somposition of official foreign exchange reserves) ishtirok etayotganini tasdiqlayman”, - dedi jamg‘arma matbuot kotibi Jyerri Rays matbuot anjumani chog‘ida.

COFER XVJning 146 mamlakat valyuta zaxiralari haqidagi ma'lumotlar aks etadigan rasmiy bazasidir. Jamg‘armaga jami 188 mamlakat a'zo bo‘lgan, ammo ushbu loyihada faqat ko‘ngillilar ishtirok etadi. Mamlakatlar taqdim etadigan ma'lumotlar sir saqlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish