Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Normand to‘rtligi” muzokaralari shundoq ko‘chada boshlanib ketdi
Parijda Yelisey saroyida “normand to‘rtligi” davlatlari rahbarlari uchrashuvi boshlandi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko ma'lum qildi.
“Normand formatidagi muzokaralar shundoq ko‘chada boshlanib ketdi”, deb yozdi Tsegolko tvitterda.
OAVlarning ma'lum qilishicha, so‘ngra Pyotr Poroshenko, Fransua Olland, Vladimir Putin va Angela Merkel muzokaralarning rasmiy qismi bo‘lib o‘tadigan zalga yo‘l olishgan.
Shu bilan birga, uchrashuvni yoritayotgan rossiyalik jurnalist Dmitriy Smirnov Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi Angela Merkelning jadvali sababli qisqa bo‘lishini ma'lum qildi.
“Norasmiy ma'lumotga ko‘ra, normand formati Merkel tufayli qisqa bo‘ladi. U kechasi 6 da uyiga uchib ketishi kerak. Ukrainadan muhimroq ishlar ham bormikin?”, deb yozdi jurnalist o‘z tvitterida.
Avvalroq ma'lum qilingandek, Yelisey saroyida yopiq eshiklar ortida Putin va Olland o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan, unda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Putin yordamchisi Yuriy Ushakov, matbuot kotibi Dmitriy Peskov ishtirok etgan.