Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: 2050 yilda 60 yoshdan oshganlar soni ikki barobar ortadi
Ko‘plab insonlarning uzoqroq umr kechirishiga imkon beruvchi tibbiyot muvaffaqiyatlari sharofati bilan 2050 yilga borib 60 yoshdan oshgan kishilar sonining ikki barobar ortishi tub ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishini talab qiladi.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1 oktabr – keksa insonlar xalqaro kuni munosabati bilan e'lon qilgan hisobotda aytib o‘tildi.
“Bugungi kunda hattoki eng kambag‘al davlatlarda ham insonlar uzoqroq hayot kechirishni boshladi, - dedi JSST Bosh direktori Margaret Chen.
– Biroq bu yetarli emas. Biz ushbu qo‘shimcha yillarda odamlarning sog‘lom holda to‘laqonli hayot kechirib, insoniy qadr-qimmatining saqlab qolishiga erishishimiz zarur. Mazkur maqsadga erishish faqatgina kekcha kishilar emas, balki butun jamiyat uchun ham ahamiyatlidir”.
Hisobotda hukumatlar keksa kishilarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yo‘l qo‘yuvchi va keksa yoshda salomatlikka jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi adolatsizliklarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladigan siyosatni olib borish lozimligini qayd etib o‘tdi.