Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:58 / 02.10.2015
2850
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyadagi portlashda 14 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-g‘arbidagi portlash natijasida 14 nafar kishi halok bo‘ldi, 39 kishi yaralandi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlarining Tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan. Portlash Borno federal shtati markazi bo‘lmish Mayduguri shahrida amalga oshirilgan.
Ma'lum qilishlaricha, portlash uskunasi xudkush terrorchi tomonidan ishga tushirilgan. Mamlakat qurolli kuchlari vakilining xabar berishicha, terakt “Boko Xaram” terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish