Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 05:49 / 02.10.2015
4107
1 daqiqa o‘qiladi
Oregon shtati kollejlaridan biridagi otishmada 15 kishi halok bo‘ldi
AQShning Oregon shtatida joylashgan kollejlardan biridagi otishmada 15 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda KATU News mahalliy telekanali xabar bermoqda.
Voqea Rozburg shahrida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotni mahalliy politsiya matbuot kotibi Bill Fugeyt taqdim etgan.
Bundan tashqari 20 nafar odam jiddiy jarohat olgan. Ayni damda qotil qo‘lga olingan.
Otishma 3300 nafar talaba o‘qiydigan Umpqua Community College kollejida sodir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish