Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oregonda kollejdagi otishmada 9 kishi halok bo‘ldi
AQShning Oregon shtati Duglas okrugi politsiya sherifining ma'lumotlariga ko‘ra, shtatda joylashgan Rouzberg shahridagi Umpqua Community College kollejida yuz bergan otishmada 9 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Bundan tashqari, otishmani sodir etgan erkak ham o‘ldirilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyida miltiq va uchta to‘pponcha topilgan.
Kollejdagi otishmada, shuningdek, 7 kishi yaralangan.
AQSh prezident Barak Obama oxirgi paytda bunday holatlar ko‘payib ketgani tufayli qurol haqidagi qonunni o‘zgartirish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
Obamaning aytishicha, qotillik oddiy holga aylanib qolgan va bunga chek qo‘yish kerak.