Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘mir zaxirasi 1 425 yilga yetadi
O‘zbekistonda mavjud ko‘mir zaxirasi 1 425 yilga yetishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekko‘mir” AJ mahsulot sotish va yetkazib berish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Nosirjon Umarov aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonda aniqlangan ko‘mir zaxiralari 1 900 mln tonna, jumladan, qo‘ng‘ir rang ko‘mir zaxirasi 1 853 mln tonna, toshko‘mir 47 mln tonnani tashkil etadi. Ko‘mirning oldindan aniqlangan zaxirasi 5.7 mlrd tonnadan iborat, - dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida. – Agar yiliga 4 mln tonna qazib olinishini inobatga olsak, ko‘mir zaxirasi 1 425 yildan ko‘proqqa yetishi mumkin”.