Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:19 / 02.10.2015
5228
1 daqiqa o‘qiladi
Parijda Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashadi
Bugun, 2 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Yelisey saroyida u Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashadi.
Shu bilan birga, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning so‘zlariga qaraganda, Putin va Poroshenko alohida uchrashuvi ko‘zda tutilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish