Jahon | 01:56 / 02.10.2015
4258
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalari Asad armiyasining IShID va boshqa jangarilarga qarshi kurashishiga yordam berishga qaratilgan

Rossiya terrorchilarga qarshi operatsiyalarni faqatgina Suriya hududida olib borayotgan bo‘lib, uning harakat doirasi kengayishi haqidagi gap-so‘zlar gipotetik xarakterga ega. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga aytib o‘tgan.
"Biz boshidanoq gap faqat Suriya haqida bormoqda, deb aytganmiz"

Xuddi shunday holat Bag‘dod bilan sodir bo‘lishi mumkinmi, degan savolga “Bunday vaziyatda xayoliy tasavvur va kayfiyatga asoslanib javobberish mumkin emas”, deb javob qaytargan Peskov.
Uning so‘zlariga qaraganda Suriyada IShIDga qarshi olib borilayotgan antiterror frontiga xali yangi bir qatnashchidan chaqiriq olingani yo‘q.

Rossiya, Suriya, Eron va Iroq Bag‘dodda IShIDga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish maqsadida axborot markazi tashkil etgan. Markazda Rossiya, Suriya, Eron va Iroq bosh shtablarining vakillari ishlaydi. Tuzulmaning asosiy vazifasi Yaqin Sharqda IShIDga qarshi kurashish bo‘yicha ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. Axborot markaziga ushbu to‘rt mamlakatning harbiy kuchlari ofitserlari uch oy muddat bilan aylanma asosida boshliq bo‘lishadi. Kelishuvga muvofiq birinchi uch oylikda axborot markaziga Iroq tomoni bosh bo‘lib turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish