Jahon | 14:57 / 02.10.2015
5002
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda kobra shaklidagi minora quriladi

Vahimali qurilish loyihasi Kuvaytda amalga oshirilishi kutilmoqda. Loyiha qiymati tahminan 94 mlrd dollar. Innshoot tarkibiga 1 km.lik baland imorat kiradi. Shaharsozlikning ajoyib namunasi 2030 yilda yakunlanadi.

Bir-biriga chirmashib turgan ikkita kobra timsolidagi minora (Sobra Towers Kuwait) loyihasi rasmlari internetdagi fikr-mulohazalar markazida bo‘lib turibdi. Minora loyihasi CGI (CDI Gulf International)qurilish firmasiga tegishli. Qurilish ishlari 2008 yilda boshlanishi kerak edi. Biroq jahon moliyaviy inqirozi sabab loyiha “muzlatib” qo‘yildi.

Mulohazalar markazidagi yana bir muammo: lift. Spiral ko‘rinishdagi konstruksiyaga oddiy ko‘targich to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois mutaxassislar liftni harakatlantirishda pnevmatik trubalarning siqilgan havoda ishlashi texnologiyasidan foydalanishni taklif etishmoqda.

Manba: Muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish