Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi Rossiya HKX haqidagi ayblovlarni “quruq safsata” deb atadi
Ommaviy axborot vositalari Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari borasidagi mish-mishlar operatsiya boshlanishidan ilgari tarqatilgan. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qilmoqda.
“Bu ma'lumotlarning bari aniq dalillarga asoslanmagan quruq safsata. Sizlarga bir narsani eslatib qo‘ymoqchiman. Bu kabi mish-mishlar axborot provakatsiyasi bo‘lib, operatsiyalar boshlanishidan ilgari to‘qib chiqarilgan” — dedi Konashnekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi har kuni ikki marta keng jamoatchilikni Suriyada o‘tkazilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan tanishtiribbormoqda.