Jahon | 21:05 / 02.10.2015
4100
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya 2015 yilda rekord darajadagi qochqinlarni kutmoqda

Shvetsiya hukumati 2015 yilda rekord darajadagi qochqinlarni kutmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, 1 oktabr holatiga ko‘ra, yil boshidan beri 74 ming qochqin Shvetsiyada boshpana so‘ragan. Bu haqda mamlakatning migratsion boshqarmasida ma'lum qilindi.     

Ma'lum qilinishicha, bu tendensiya saqlanib qolsa, boshpana so‘rovchilar soni 84 minggacha yetishi mumkin. Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, qochqinlarning uchdan biri Suriya fuqarolari hisoblanadi. Ulardan keyin son jihatidan afg‘onistonlik qochqinlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.   

2014 yilda 9,8 mln aholiga ega Shvetsiya 81 ming qochqinni qabul qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish