Jahon | 09:11 / 02.10.2015
6164
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Xama viloyatida yer usti operatsiyasini o‘tkazadi

Suriya armiyasi Xama viloyatining janubida keng miqyosli aksilterror operatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Viloyatda joylashgan zirhli tank qismi komandiri Bassam Ahmad Mayrubning so‘zlariga qaraganda, bu operatsiyadan ko‘zlanadigan asosiy maqsad Xums va Xama shaharlarini bog‘laydigan trassa xavfsizligini ta'minlashdir. Shaharlar ayni paytda hukumat qo‘shinlarining nazorati ostida turibdi. Ammo ular orasidagi aholijoylar “Jabhat an-Nusra” va IShID singari terrorchi harakatlarning tayanchi hisoblanadi.
Shuningdek, chorshanba kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida “Jabhat an-Nusra” harakatining 107 jangarisi va 3 komandiri o‘ldirilgani haqida ma'lumot berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish