Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:50 / 02.10.2015
8704
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2 oktabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida rejali aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quvlar mehmonxona servisi va xo‘jalik kasb-hunar kolleji binosida o‘tkazildi. O‘quv ssenariysiga ko‘ra, shartli terrorchi soat 8:45da avtobus bekatida portlashni amalga oshirib, voqea joyidan yashiringan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa favqulodda oyoqqa ko‘tarilib, operativ qidiruv tadbirlari o‘tkazadi va natijada qisqa muddatda jinoyatchini qo‘lga oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish