Jamiyat | 12:07 / 02.10.2015
7078
1 daqiqa o‘qiladi

Yaxshilik yaxshilikni keltiradi (Video)

Odamning xayoliga "Qilgan yaxshiliklarim evaziga nima olaman?" qabilidagi savol kelib turadi. Shunday savolga javob o‘rnida ishlangan videoni tomosha qilish orqali qalblardan xudbinona tuyg‘ular yo‘qolishi tayin.

Bir odam yuzlab och kishilarni to‘ydira olmasligi mumkin, minglab bemor kishilarni tuzata olmasligi mumkin.

Lekin bir odam har kuni bir yaxshilik qila oladi. Bu uning o‘ziga qilgan yaxshiligi bo‘ladi. Odam o‘z ishining beiz ketmasligiga ishonsa, o‘z yo‘lidan yurishdan charchamasa, natijalarni ham ko‘radi.

Biz yashab turgan dunyoda hech narsa hech qachon izsiz g‘oyib bo‘lmaydi, har neki hodisa, albatta, qaysidir darajada aks-sado beradi.

Ko‘p o‘tmasdan qilingan yaxshiliklar o‘zimizga qilgan yaxshiliklarimiz ekanini anglaymiz.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish