Jahon | 23:08 / 03.10.2015
6240
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistondagi shifoxonaga aviazarba berilgani uchun uzr so‘radi

Afg‘onistondagi AQSh boshchiligidagi qurolli kuchlar boshlig‘i, armiya generali Jon Kempbell Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoyga jangarilarga qarshi berilgan aviazarbalardan biri Qunduzdagi “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti shifoxonasini vayron qilgani uchun o‘z uzrini keltirdi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Kempbell Ahmadzoyni operatsiya tafsilotlaridan boxabar qilib, undan xato uchun uzr so‘ragan. Xalqaro koalitsiya vakili Kempbell va Ahmadzoy o‘rtasida telefon suhbati bo‘lganini tasdiqlay olmadi, biroq bu ma'lumot tekshirilayotganini ma'lum qildi.

Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti shifoxonasining vayron bo‘lishi va yong‘in chiqishi ko‘rinishidagi “nomaqbul ziyonlarga” olib kelgani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish