Jamiyat | 20:45 / 03.10.2015
11243
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onalik pank xaqoratlarga chiday olmay, bir qizni pichoqlab tashladi

Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Obid ismli yigit bir qizning o‘limida ayblanib 10 yilga qamaldi. Voqea tafsilotlari “Huquq” nashrida yoritildi.

Taxmin qilinishicha, yigit pank submadaniyati vakili bo‘lgan. Yangi yil kechasi u sochini panklarga xos tarzda irokez shakliga keltirib, yarim tungacha shahar kezgan va turli bazmlarda ishtirok etgan. Mahallaga qaytganda esa akasi Azim bilan uchrashib qolgan.
Dastlab akasi yigitchani koyigan, keyin ikkalasi birgalikda mashinani tuzatishga kiritishgan.

Shu payt ko‘chada mast holdagi bir qiz paydo bo‘lib, Obidning sochini masxaralay boshlagan. Bu holat nafsoniyatiga tegib ketgan yigit qiz bilan dahanaki jangga kirishib ketgan. Qiz Obidni yiqitib, yuziga tupurgan. Bunga chiday olmagan yigit mashinadan pichoq topib olib, qizni ko‘p qavatli uyning qorong‘u burchagiga sudragan. U yerda qizning qorniga va tanasining boshqa qismlariga pichoq ko‘plab zarbalar bergan. Qiz voqea joyida olamdan o‘tgan. Azim ukasini to‘xtatishga ulgurmagan.

Sud qarori bilan Obid 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish