Jahon | 14:43 / 03.10.2015
4501
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Isroildan 400 mln dollarga 10ta dron xarid qiladi

Hindiston hukumati Isroildan 10 dona uchuvchisiz samolyot xarid qilmoqchi. Diplomat nashrining xabar qilishicha, bular Israel Aerospace Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi Eitan dronlari (Heron TP nomi bilan ham mashhur) bo‘ladi.
Shartnoma qiymati 400 dollarga baholanmoqda.
Heron TP 7.4 ming km masofaga uchishi, 1 tonnaga yuk ko‘tarishi mumkin. Hindistonga yetkaziladigan analoglar “havo-yuza” tipidagi raketalar bilan jihozlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish