Jahon | 18:43 / 03.10.2015
4563
1 daqiqa o‘qiladi

La-Mansh ostidagi tonnel qochoqlar sabab ishlashdan to‘xtadi

Buyuk Britaniya va Fransiyani bog‘lab turuvchi La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tonnel muhojirlar oqimi sabab o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turibdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Oldinroq La-Mansh tonnelidagi Yevropoyezd qatnovi qochoqlar sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. Xabar berishlaricha, 200 nafarga yaqin qochoq to‘siqlarni buzib o‘tib, tonnelning Fransiya tomonida joylashib olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish