Jamiyat | 09:07 / 03.10.2015
3931
1 daqiqa o‘qiladi

Mao Tszedun portreti 40 mln dollarga sotuvga qo‘yiladi

Xitoyning o‘tmishdagi yetakchisi Mao Tszedunning amerikalik rassom Endi Uorxoll tomonidan chizilgan portreti 11 noyabr kuni Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga chiqariladi. Art News nashrining yozishicha, uning boshlang‘ich narxi 40 mln dollarni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, galerist Bruno Bishofberger 7 yil tanaffus qilgan rassomga XX asrning eng yirik shaxslaridan birining portretini yaratishni maslahat bergan.
Uorxolga buning uchun Alber Eynshteyn taklif qilingan, ammo ijodkor Mao Tszedunni tanlagan.
Lot Sotheby's kim oshdi uyi tomonidan sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish