Jahon | 08:13 / 03.10.2015
5206
1 daqiqa o‘qiladi

Olland Putin bilan Rossiya tomonidan Asad tuzumi qo‘llab-quvvatlanishini muhokama qildi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parijdagi “normand to‘rtligi” uchrashuvi bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga Suriyadagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi. 

Ollandning aytishicha, Rossiya hamisha Bashar Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlagan va unga qurol-aslaha yetkazib bergan.

“Rossiyaning Suriya borasidagi munosabati o‘zgarmadi. Bu munosabat Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan iborat”, deb aytdi Olland.

Olland “ixtilofning siyosiy yechimi maqsad qilingani va unga erishish kerakligini” aytdi.

“Biz Jyeneva formatiga qaytishimiz kerak. Asad va muxolifat bir yechimga kelishi kerak. Ushbu siyosiy yechim ustida ish olib borish kerak”, deb aytdi Fransiya prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish