Jahon | 19:40 / 03.10.2015
8401
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi xususiy nashriyotlardan birida chop etilgan ertak tanqidga uchradi

Sayyod.com saytining Feruza ismli muxlisasi O‘zbekistondagi xususiy nashriyotlardan birida chop etilgan “Olti ahmoq va bir to‘qmoq” deb nomlangan ertak kitobda bolalarning tarbiyasiga, hali ongi to‘liq shakllanmagan, murg‘ak qalblarga zid, yot, umuman to‘g‘ri kelmaydigan narsalar haqida so‘zlangani borasida kuyunchaklik bilan o‘z e'tirozlarini bildirib o‘tdi. 

“Bunaqa ertaklarni kim yozadi bolalarga? Buni kitob xoliga kelib chop etilganini o‘zi shubhali. Bolalarga ertak yozdim desa, o‘qimay kitob qilib chiqarishga ruxsat berilaveradimi?

Kampirni o‘ynashi borligiyu, hech kimga aytma deb pul berishi... Buni bolalarga qanday qilib tushuntiriladi? Onasini o‘ldirib sotmoqchi bo‘lishi-chi? Rosti ham, buni bolalarga o‘qib berishning o‘zi g‘alati...

Shunaqayam daxshatli, tentakona va axmoqona ertak bo‘ladimi? Qiz bolaga er yo‘g‘u kampirri o‘ynashi haqidagi joylarini farzandlarimizga nima deb tushuntirarkinmiz? Yo tarbiyada bunga reja bormikan "mana ertakda sekin qog‘ozga o‘rab o‘rgat" degan?
Ertakdagi pul berib berkitish mumkin va onasini o‘ldirish tushunchalari bolakayni o‘sib kelayotgan ongiga nima muhrlaydi? Nimalarni programmalashtiradi? Psixologlarmi yo pedagoglar bunday kitoblarni chop etilishida nega ishtirok etmaydi? Keyin voydod nega yoshlar vaxshiy va buzulib ketyapti deb bong uramiz a? Aynan yong‘indan keyin nasos izlab hojatga chopish bilan alishtirgandek holatda bu ham.

Nega oldini, asosiy negizi va bolalikdan programmalashtiriladigan mana shunday o‘ta jiddiy ma'naviy viruslariga ahamiyat bermaymiz? Axir bolalik ongi fundament, unga nima yozilsa kelajakda shunga xos natijalar bo‘laveradiku. Bilmasam, agar buni xalq ertagi deb bahona qilinsa, o‘sha xalqdan kimdir yozgandir? Odamdir? Yo to‘rttasi yig‘ilib xalqmiz deb yozganmikan? Nima iste'mol qilishi natijasida ekan, qiziq?
Xalq ertagi deya nima yozilsa chiqaraveriladimi? Unda-kunda kunora zapretga tushayotgan artistlar bu xalq imiji, xalq qo‘shig‘i va xalq qilig‘i deb bahona qilib tursa bo‘larkanda? Bir tarafdan bo‘laveradi, zero o‘sha "Olmacha anoringga balli"dan tortib "Siynayu soqing" kabi kuylanadigan mashxur xalq qo‘shiqlari xam buyuk asarlar sanaladi.
Xalq tilidagi zo‘r so‘kishlaram ko‘p lekin. Oddiy xalqona stilda yozadigan shu saytimga harfyutar-harf farroshlari qancha g‘avg‘o ko‘tarishadiyu, asl MA'NO va MAVJUD taraflariga kelganida hamma jim! Mavzu va ma'nosidagi nishonni xato olmasam bo‘ladiyu to‘g‘rimi?

Yo‘q, ularga asosiysi harflari but bo‘lsin, undagi ertakda o‘ynash bo‘ladimi, korrupsiyadan dalolat pul berilsa ish bitadi tushunchalari bo‘ladimi, vahshiylik norma sanalib onani o‘ldirish ertakda oddiy hol bo‘ladimi buning farqi yo‘qdek.
Qachon ma'no va mohiyat ustida ishlaymiz? Qachon hamma salbiy narsalarning OLDINI OLISh ustida ishlaymiz?! Afsuski farzand tarbiyasi borasidagi natijalarni ko‘rib kulgingiz kelmaydi.


Bunday narsalarga mas'ul muttasaddilarning ham farzandlari bordir va ular bunday ertaklarni o‘qiydimi, yo‘qmi, bilmadimu, ammo zarari ko‘ringanidan ko‘ra uni bartaraf qilish ustida hamma o‘z mas'uliyati va majburiyati ustida ishlashi kerak. Sohasi taqozo etganlarga esa shart!”, deb o‘z e'tirozini bildirib o‘tdi sayt muxlisasi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish