Jahon | 00:47 / 03.10.2015
13677
1 daqiqa o‘qiladi

RMV: Rossiya samolyotlarining Suriyadagi aviazarbalari oqibatida “IShID” jangarilari boshqaruv punkti vayron qilindi

Rossiya harbiy-koinot aviatsiya guruhi Suriyadagi operatsiya davomida “IShID” jangarilarining boshqaruv punktini yo‘q qildi, deb aytilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot bayonotida.

Bu haqda Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.

Uning aytishicha, kun davomida Su-34, Su-24M va Su-25 samolyotlarining 14 ta parvozi amalga oshirildi.

“Kun davomida Rossiya aviatsiya guruhi “IShID”ning Suriyadagi obektlariga aniq zarbalar berdi. “Xmeymim” aviabazasidan 14 ta parvoz amalga oshirildi. Parvozlar davomida “IShID”ning 6 ta obektiga zarba berildi”, deb aytdi Konashenkov.

Vayron qilingan “IShID” boshqaruv punkti Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun aholi punkti hududida joylashgan bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish