Iqtisodiyot | 12:04 / 03.10.2015
5159
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar uchun “Yagona oyna” orqali davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko‘rsatishning yagona markazlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu boradagi prezident farmoniga muvofiq tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari negizida ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “Yagona oyna” markazlari ochiladi.
Turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining “Yagona oyna”lari 2016 yilning 1 yanvaridan o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish