Jahon | 21:21 / 04.10.2015
12778
1 daqiqa o‘qiladi

Asad AQShni IShID ustidan g‘alaba qozonishga layoqatsiz deb aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh va xalqaro koalitsiya kuchlari IShIDga zarba berishni boshlashi samarasiz ketgani, boz ustiga jangarilar o‘z sonlari va hududlarini kengaytirishganiga muvaffaq bo‘lganini aytib o‘tdi. U bu haqda 4 oktabr, yakshanba kuni Eronning “Xabar” telekanalidagi chiqishi paytida aytib o‘tgan. Bu suhbat YouTube ga ham qo‘yilgan.

Uning ta'kidlashicha, jahondagi biror mamlakat terrorchilar bilan kelishuv olib bormaydi. Asadning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Suriya, Iroq va Erondan iborat koalitsiya muvaffaqiyat quchishi kerak, aks holda Yaqin Sharqni ulkan halokat kutib turibdi. Suriya rahbari mamlakatda Rossiya operatsiyasi qachongacha davom etishini ma'lum qilmagan.
Bundan tashqari, Suriya prezidentining aytishicha, lavozimidan ketishi mamlakat inqiroziga yordam berganida, u allaqachon bu ishni qilgan bo‘lardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish