Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:32 / 04.10.2015
5323
1 daqiqa o‘qiladi
Bangladeshda IShID jangarilari Yaponiya fuqarosini o‘ldirdilar
IShID terrorchi guruhi 3 oktabr kuni Bangladeshda o‘ldirib ketilgan Yaponiya fuqarosi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 66 yoshli Kunio Xiroshi Bangladeshga Nepaldan kelgan edi. Kecha unga qarata uch marta o‘q uzildi. Motosikllarda kelib, yaponiyalikni o‘rab olgan uch nafar terrorchi unga qarata birdaniga o‘q uzgan.
Jinoyatda gumon qilinayotgan 4 kishi qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish