Jahon | 09:04 / 04.10.2015
4994
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya IShIDga qarshi kurash uchun 20ta dron xarid qiladi

IShID guruhi jangarilarini masofadan turib yo‘q qilish maqsadida Buyuk Britaniya 20ta uchuvchisiz apparat xarid qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron The Telegraph nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ayni paytda bizlarda 10ta Reaper toifasidagi dron bor, - dedi u. – Biz ularni modernizatsiya qilingan uskunalar bilan almashtiramiz. Protector toifasidagi dronlarda ikki barobar ko‘proq xarid qilamiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish