Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:52 / 04.10.2015
3398
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada toshqin oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Fransiyaning janubi-sharqidagi Kannda sodir bo‘lgan toshqin oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.
“Brag daryosi o‘zanidan chiqib ketdi, Antib shahri yaqinidagi hududlar suv ostida qolib ketdi. Ikkita qutqaruv vertolyoti ishlamoqda”, - ma'lum qildi o‘t o‘chirish xizmati raisi.
Halok bo‘lganlarning 3 nafari keksalar uyi yashovchilari bo‘lgan.
Shaharda favqulodda vaziyat e'lon qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish