Jahon | 23:35 / 04.10.2015
4353
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi toshqin oqibatida Fransua Ollandning otasining uyi suv ostida qoldi

Fransiyadagi toshqin oqibatida Fransua Ollandning otasining uyi suv ostida qoldi, deb xabar beradi TASS.

Bu haqda jala ostida qolgan hududlarga tashrif buyurar ekan prezidentning o‘zi jurnalistlarga aytib o‘tdi.

“Xabaringiz bor, bu tumanda mening otam va boshqa qarindoshlarim yashashadi. Hayriyatki, ularning o‘zi jabrlanishmadi. Faqatgina otamning uyi suv ostida qoldi”, — dedi Olland.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish