Jahon | 20:12 / 04.10.2015
6480
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi toshqindan fotolavhalar

4 oktabr kuni Fransiyaning Dengizbo‘yi Alplari departamentida toshqinning yuzaga kelishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi dom-daraksiz ketdi.

Meteoxizmatlar aholini ogohlantirib qo‘yganiga qaramay, shiddatli yomg‘irning quyishi evakuatsiya ishlariga jiddiy xalaqit berdi.

3 soat davom etgan ofat chog‘ida Kanna va Nitstsada yog‘ingarchilikning 2 oylik me'yori yog‘ib ulgurdi.

Mamlakat prezidenti Fransua Olland ofat oqibatlarini bartarf etishga barcha kuchlar va imkoniyatlar safarbar etilishiga ishontirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish