Jahon | 10:54 / 04.10.2015
4445
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi yer o‘pirilishi qurbonlari soni 79 kishiga yetdi

Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula qishlog‘ida sodir bo‘lgan yer o‘pirilish qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 56 kishiga yetgani xabar qilingan edi. Endilikda halok bo‘lganlar miqdori yanada ko‘paygani ma'lum qilinmoqda.
Yer ko‘chishi oqibatida 125 uy vayron bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish