Jahon | 08:24 / 04.10.2015
3357
1 daqiqa o‘qiladi

Krakovda NATO kontrrazvedkasi markazi ochiladi

2015 yilning oxirigacha Polshaning Krakov shahrida NATOning kontrrazvedka va terrorchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi ekspert va o‘quv markazi ochiladi, deb xabar bermoqda Welt nashri. 

Qayd etilishicha, markaz bazasida 40 dan 50 nafargacha harbiylar joylashadi.

Ayni paytda Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Bolgariya va Ruminiyada hududlarda NATOning kuchlarini joylashtirishga ko‘mak beruvchi NATOning qo‘mondonlik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko “Sharqdan solinayotgan uydirma xavfga” qarshi turish uchun bunday shtablarning ochilishini o‘zaro ishonmaslik muhitini yanada chuqurlashishiga olib kelishini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish