Sport | 22:57 / 04.10.2015
3978
2 daqiqa o‘qiladi

Mersisayd derbisida kuchlar teng keldi

Angliya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Everton” hamda “Liverpul” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Birinchi bo‘limning ilq daqiqalaridan o‘yinga tashrif buyurgan tomoshabinlar jamgovar o‘yin guvohiga aylanishdi va har ikki jamoa ham maydonning har bir qasmida jiddatla kurash olib bordi.

Hisob esa o‘yinning 41-daqiqasiga kelib ochildi. Danni Ingz burak zarbasidan so‘ng to‘pga birinchi bo‘lib yetib borib, yayaqin masofadan to‘pni Xovard qo‘rlayotgan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Oradan 4-5 daqiqa o‘tgach, “Everton” a'zosi Romelu Lukaku Emre Janning xatosidan unumli foydalanib, javob golini kiritdi.

Ikkinchi bo‘lim ham voqealar boy bo‘ldi. Biroq, har ikaala kjamoada ham vaziyatlar amalga oshirishda muammolar yuzaga keldi. Buning oqibatida esa birinchi bo‘limda o‘rnatilgan hisob, navbatdagi taymda ham saqlanib qoldi.

Angliya chempionati, 8-tur

Everton – Liverpul 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 41 Ingz, 1:1 – 45 Lukaku.
Everton – Xovard, Jagelka, Gellouey, Brauning, Funes Mori, Makkarti, Berri, Barkli, Deulofeu (Lennon, 60), Neysmit (Kone, 79), Lukaku.
Liverpul – Minole, Sako, Moreno, Klayn, Shkrtel, Milner, Jan, Leyva (Allen, 79), Koutino, Ingz (Lallana, 76), Starrij.
Ogohlantirishlar: Barkli (35), Djan (35), Makkarti (65), Leyva (69), Lukaku (90), Sako (90).

Manba: www.uff.uz