Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Suriya muxolifati muzokaralarining ikkinchi raundi yakunlandi
Ostonada Suriya muxolifati muzokaralarining ikkinchi raundi yakunlandi. Bu haqda BNews.kz resursi xabar bermoqda.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra qabul qilingan deklaratsiyada Suriya inqiroziga qarshi choralar ko‘rish borasida yana bir qancha uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Konferentsiya ishtirokchilari Qozog‘iston hukumatiga dialog o‘rnatish uchun yaratib berilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Qozog‘iston Respublikasi va Nursulton Nazarboyevga bizga ikkinchi bor uchrashish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Birinchi konferensiyada ko‘plab hujjatlar imzolangan edi. Ikkinchi raundda Suriya inqirozini tezkor hal qilish bo‘yicha tashabbuslar qo‘shildi”, - dedi siyosatchi Randa Kasis.