Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 15:42 / 04.10.2015
6597
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda Yaponiyaning arzon mehmonxonalari tarmog‘i ish boshlashi mumkin
Yaponiyaning Toyoko-inn arzon mehmonxonalari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekturizm”dagi manbalariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
2015 yil martida Yaponiya kompaniyasi rahbariyatidan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida tarmoq filiallarini O‘zbekistonda ochish g‘oyasi aytib o‘tildi.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda Toyoko-inn va “O‘zbekturizm” o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.