Jahon | 15:46 / 04.10.2015
4096
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev rasmiy Bishkek Rossiyaning Suriyada IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berayotganini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
“IShIDga qarshi Suriya hududida kurash Qirg‘iziston manfaatlariga ham javob beradi deb o‘ylayman, bu jihatdan biz Rossiya IShIDning Suriyadagi pozitsiyalariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Uning ta'kidlashicha, IShIDga “birinchi marta bunday samarali aviazarbalar berilishi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish