Jahon | 16:11 / 04.10.2015
9700
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada yuqori aniqlikdagi boshqariluvchi X-29L raketasidan foydalanmoqda

Rossiya havo kosmik kuchlari Suriyadagi harbiy operatsiyada aniqlikdagi boshqariluvchi X-29L raketasidan foydalanmoqda. Bu haqda idora vakili, polkovnik Igor Klimov ma'lumot berdi.
“Havo-yuza” toifasidagi X-29L raketasi avtomatik nishonga oluvchi lazerli asosga ega. Raketa uchirilganda, uchuvchi nishonga lazer nurini tushirib turadi, samolyot esa manyovrni davom ettirishi mumkin bo‘ladi”, - dedi u.
Raketa nishonlarga plyus-minus 2 m aniqlikda tegadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish