Jahon | 22:29 / 05.10.2015
4309
1 daqiqa o‘qiladi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori nomi 8 oktabrda ma'lum qilinadi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori nomi 8 oktabrda ma'lum qilinadi. Bu haqda yuqori mukofot kimga tegishini hal qiluvchi Shved akademiyasi Nobel qo‘mitasi ma'lum qildi.

Adabiyot bo‘yicha sovrindor bo‘lgan yozuvchi yoki shoirning ismini Shved akademiyasining yangi doimiy kotibi Sara Danius ma'lum qiladi. Bu Stokgolmning Eski shaharida joylashgan Birja binosida Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da sodir bo‘ladi.

O‘tgan yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini fransiyalik yozuvchi Patrik Modiano olgan edi.

Bu haftada, ya'ni 5, 6, 7 va 9 oktabr kunlari tibbiyot, fizika, kimyo va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomlari ma'lum bo‘ladi. Shvetsiya davlat banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga ta'sis qilingan iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori nomi esa 12 oktabrda ma'lum qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish