Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:41 / 05.10.2015
4067
1 daqiqa o‘qiladi
Armaniston parlament respublikasiga aylanadi
Armaniston parlamenti mamlakatda boshqaruvning prezidentlik shaklidan parlamentar shakliga o‘tilishini qonunlashtiriluvchi yangi konstitutsiya loyihasini tasdiqladi, deb xabar beradi Interfaks agentligi.
Loyihani 103 deputat yoqlab chiqdi; 10 kishi unga qarshi chiqqan bo‘lsa, 3 vakil betaraflikni saqladi.
Yangi konstitutsiya loyihasi Armaniston prezidenti huzuridagi konstitutsion o‘zgarishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan komissiya tomonidan ishlab chiqilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish