Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Besh kun ichida Liviya qirg‘oqlarida yuzga yaqin muhojirlar jasadi aniqlandi
So‘nggi besh kun ichida Liviya sohillarida 95 nafar muhojirning jasadi topildi, deya xabar berdi Press TV telekanali Qizil Yarim oy jamg‘armasi xodimlari ma'lumotlariga asoslagan holda.
Xalqaro jamg‘arma vakili Muhammad al-Masratiyning xabar berishicha, 85 jasad Liviya poytaxti Tripoli shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joydan aniqlangan bo‘lsa, yana 10 jonsiz tana Tripolidan bir oz g‘arbroqdagi Sabrat shahri sohillaridan topilgan.
Al-Masratiy ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik halok bo‘lganlar Liviya orqali Yevropaga o‘tib olishga harakat qilgan Afrikaning boshqa mamlakatlari fuqarolaridir.
Migratsiya xalqaro agentligi bergan axborotda aytilishicha,
Yevropa dengiz yo‘llari orqali Italiya va Gretsiyaga o‘tib olgan Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan qochqinlar soni yarim million nafardan oshib, 522 ming 134 kishiga yetdi.